📣 Targ’ibot_tadbiri
Qamashi tuman 6-son bolalar musiqa va san'at maktabi iqtidorli o'quvchilarni kutib qoladi ! Shu boisdan joriy yilning 9-sentabr kuni maktabimiz ustozlari tumandagi 7-61-63-94-83-sonli umumiy o'rta...
Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.
1975 yil Qamashi tumanida bolalar musiqa maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Dastlabki yillarda 3 ta yunalish bo‘yicha (xalq cholg‘ulari, an’anaviy xonandalik, an’anaviy sozandalik,) o‘quvchilar qabul qilindi, shu vaqtda 2 ta sinf xonada dars jarayonlari olib borildi, shu sharoitda xam o‘quvchilarimiz ko‘rik tanlovlarga qatnashib yaxshi natijalarga erishdilar va tuman bayram tadbirlarida faol ishtirok etishib kelishdi.
Sobiq prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabusi bilan 2014 – yili zamonaviy va qulay 2 qavatli 150 o‘rinli maktab binosi qurib topshirildi. Xozirgi kunda maktabimizda 12 ta yunalishlarda (Fortepiano, torli cholg‘ular, estrada xonandaligi,xalq cholg‘ulari,damli va zarbli cholg‘ular,an’anaviy xonandalik, an’anaviy sozandalik, xoreografiya, teatr san’ati,baxshichilik,tasviriy sa’nat, akademik xonandalik) dars jarayonlari olib borilmoqda.
Maktabda musiqa yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi. San’at yo‘nalishi bo‘yicha , jumladan: xoreografiya, tasviriy san’at, teatr san’ati bo‘yicha tumanimizning o‘g‘il va qizlari bilim olishmoqda.
Muassasaning maqsadi yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat.
o‘quvchilarning ma’naviy va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish; o‘quvchilarning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish; milliy va jahon musiqasi, tasviriy san’atning yuksak namunalaridan va o‘zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish;







Qamashi tuman 6-son bolalar musiqa va san'at maktabi iqtidorli o'quvchilarni kutib qoladi ! Shu boisdan joriy yilning 9-sentabr kuni maktabimiz ustozlari tumandagi 7-61-63-94-83-sonli umumiy o'rta...
Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Qamashi tuman 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan bugun 2025-yil 10-fevral kuni buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiyning 584 yilligi...
Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman 6-son bolalar musiqa va san'at maktabining an'anaviy xonandalik, doira, dutor qashqar rubob, skripka mutaxassisliklari o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan joriy yilning 4-fevral...