Qamashi tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi

Maktab tarixi

1975 yil Qamashi tumanida bolalar musiqa maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Dastlabki yillarda 3 ta yunalish bo‘yicha (xalq cholg‘ulari, an’anaviy xonandalik, an’anaviy sozandalik,)  o‘quvchilar qabul qilindi, shu vaqtda 2 ta sinf xonada dars jarayonlari olib borildi, shu sharoitda xam o‘quvchilarimiz ko‘rik tanlovlarga qatnashib yaxshi natijalarga erishdilar va tuman bayram tadbirlarida faol ishtirok etishib kelishdi.

Sobiq prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabusi bilan 2014 – yili zamonaviy va qulay 2 qavatli 150 o‘rinli maktab binosi qurib topshirildi. Xozirgi kunda maktabimizda 12 ta yunalishlarda (Fortepiano, torli cholg‘ular,  estrada xonandaligi,xalq cholg‘ulari,damli va zarbli cholg‘ular,an’anaviy xonandalik, an’anaviy sozandalik, xoreografiya, teatr san’ati,baxshichilik,tasviriy sa’nat, akademik xonandalik)  dars jarayonlari olib borilmoqda.

6-son bolalar musiqa va san’at

Maktabining vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘quvchilarni ma’naviy

va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish; o‘quvchilarning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish;

O‘quvchilarni milliy

va jahon musiqasi, tasviriy san’atning yuksak namunalaridan va o‘zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

O‘quvchilarga umumiy

musiqa, xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarning boshlang‘ich asoslarini o‘rgatish orqali ularni musiqa va san’at olamiga jalb etish;

Milliy hamda

umuminsoniy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o‘quvchilarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

Maqsadimiz

Maktabimizning maqsadi yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat.

0

O'qituvchilar

0 +

O'quvchilar

0 +

O'quv xonalar

0 %

Adabiyotlar

Maktabda

asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.

Respublika Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san’at soxasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3022 sonli, 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari  to‘g‘risida ”gi PQ-3391 sonli hamda 2018 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at soxasini innovatsion rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 3920 sonli  qarorlari ijrosin ta’minlash maqsadida maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar tarkibidan maqomchilar ansambli tashkil etilgan bo‘lib, ular tumanda va viloyatda o‘tkazilayotgan turli xil tadbir, ko‘rik – tanlovlarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Ustozlarimiz

Maktabda tegishli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishadi

Maktabda o’qitish metodikasi o’zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o’zgarmaydi.

Jordan Strummer

Guitar Theory Expert

Aria Crescendo

Violin Techniques Specialist

Treble Forte

Jazz Techniques Tutor

Lila Chord

Piano & Keyboard Specialist