Bugugn tumanimizda bayram tadbiri Qamashi tumani 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman tashkilot rahbarlari, iste’fodagi harbiylar, Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bayram munosabati bilan tuman hokimi Xurshid Usmonov tumanimiz ahlini tabrikladi. O‘z nutqida 2025-yil davomida Qamashi tumanidan 233 nafar yoshlar muddatli harbiy xizmatga yo‘l olgani, yana 425 nafar chaqiruvchilar safarbarlik chaqiruviga jalb etilganini ta’kidladi.
Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi hamda 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan bayram konserti namoyish etildi. Harbiy qurollar ko‘rgazmasi tashkil qilindi, bolajonlar ishtirokida sahna ko‘rinishlari ham ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.







