Qamashi tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida
21-oktabr – O‘zbek tili bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda
mutasaddi rahbarlar, ijodkorlar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda
jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Tadbir doirasida o‘quvchilar
tomonidan ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar, raqslar va sahna
chiqishlari taqdim etildi. Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi
va Qamashi tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi
jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.



