O‘quvchilarimiz tuman, Viloyat va Respublika ko‘rik tanlovlarida faxrli o‘rinlarni olib kelmoqdalar.

2017 yil Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining M.Qori Yoqubov nomidagi respublika tanlovi sovrindori Egamshukurova Sevinch (xalq cholg‘u asboblari yo‘nalishi  dutor) 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

2015-yil dutor sinfi o‘qituvchisi To‘raqulova Xurshidaning o‘quvchisi Meyliyeva Marjona Ispaniya davlatida bo‘lgan xalqaro   “I PRIE” nomli festivalda dutor asbobida kuy ijro etib faxrli III-o‘rinni egallab Ispaniya va boshqa xalqlar olqishlariga sazovor bo‘lib keldi.

2019 yil Rossiyaning Sochi shaxrida AKFA TEMP+    deb nomlangan halqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etib keldi. An’anaviy xonandalik o‘quvchisi Narzullayev Samandar va tasviriy san’at  yo‘nalishida Xushmurodova Fayyozalar faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

2024 йил 21-may kuni Koson tuman 24-son BMSMda Bolalar musiqa va san’at maktablarining Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida “O‘ZBEKISTON QAHRAMONI ABDULLA ORIPOV YOSHLAR NIGOHIDA” nomidagi viloyat ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi.Tanlovda tasviriy san’at yo’nalishi o’quvchisi Maxmarejabova Shabnam Gran Pre oldi.