Yig’ilish

Yig’ilish

Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i I. Turayev hamda boshqarma yuristkonsulti M. Radjabova ishtirokida Qarshi ixtisoslashtirilgan Boshlang‘ich raqs san’at maktab-internati xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PF–270-son Farmoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ–1109-son Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.
Shuningdek, mazkur hujjatlarning ahamiyati, ularning ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’uliyatni oshirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tags :
Yangiliklar
Share This :

Related Post

No Content Available