Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag’ishlangan kecha !

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag’ishlangan kecha !

Qamashi tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida 2026-yil 6-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi bag’ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha va bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda Qamashi tuman Maʼnaviyat va maʼrifat maskani rahbari S.Xudoyqulova ochib berdi va buyuk mutafakkir davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy bobomizning adabiyotimizga qushgan hissasi haqida o’quvchi yoshlarga so’zlab berdi.

Bayram tadbirida tuman tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tadbir dasturida Qamashi tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabning iste’dodli o‘quvchilari va o’qituvchilari hamda tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

 

Tags :
Yangiliklar
Share This :

Related Post

No Content Available