Baxshichilik san’ati yo‘nalishida baxshi, oqin va jirov ijrochilarining respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2025-04-08 17:45:00 / Yangiliklar
Avvalroq Respublika baxshichilik san’ati markazi Baxshichilik san’ati yo‘nalishida baxshi, oqin va jirov ijrochilarining respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qilgandi.
Shuningdek, kuni kecha Xorazm viloyatida baxshichilik san’ati yo‘nalishida baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilari o‘rtasidagi ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 8-aprel kuni mazkur ko‘rik-tanlovning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etib, tanlov g‘oliblarini diplom va sovg‘alar bilan taqdirladi.
Tanlov g‘oliblari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
1-o‘rin g‘oliblari:
Otamuratov Karimboy Bekchanovich — Xorazm viloyati;
Axmedov Ziyodullo Shodiyevich — Qashqadaryo viloyati;
2-o‘rin g‘oliblari:
Seytimbetov Quwanishbay Xojabaevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Tangirov Jovli Xudoyqulovich — Surxondaryo viloyati;
3-o‘rin g‘oliblari;
Jumatova Miyasar Ansatbaevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Аbdullayev Usmonjon Jumyoz o‘g‘li — Xorazm viloyati;
Rahimov Ilhom Qahhorovich — Qashqadaryo viloyati;
Nominatsiyalar;
1. Eng yosh intiluvchi iqtidorli baxshi qiz — Sultonova Sayyora Inomjon qizi;
2. Eng yaxshi iqtidorli erkak baxshi — Choriyev Boyqobuljon Rajabovich;
3. Eng yaxshi badihago‘y baxshi — Bobomurodov Shavkat Qurboniyozovich;
4. Ijtimoiy tarmoqlarda eng faol baxshi — Nosirov Mirkomil Davlatbekovich;
5. Eng iqtidorli ayol baxshi — Bekbergenova Sarigul Bazarbaevna;
6. Eng bilimli baxshi — Moyanov Iqlasbay Jiyenbayevich;
7. Eng yaxshi jirov ijrochisi — Kdirbaev Baxtiyar Iskenderovich;
8. Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi baxshi — Abdullayev Kupalbek Matyakubovich;
9. Eng yaxshi terma ijrochisi — Rahimov Bekjon Baxrom o‘g‘li;
10 .Eng yaxshi doston ijrochisi — Sariyev San’atjon Matchanboyevich;
11. Eng yaxshi oqin ijrochisi — Jamalov Aybek Maxsudovich;
Shuningdek, I-o‘rin g‘oliblari Saudiya Arabistonda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Ma’lumot uchun, I-o‘rin g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi nomidan Xivada o‘tkaziladigan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida ishtirok etishadi.





