Avval habar berilganidek (https://t.me/madaniyat_talimi_markazi/92?single), Respublika ta’lim markazi hamda Madaniyat ta’limi markazi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
✅ Bugun mazkur uchrashuv natijasiga ko‘ra, Respublika ta’lim markazi hamda Madaniyat ta’limi markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
✅ Ushbu Memorandum quyidagi faoliyatlar bo‘yicha hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun asos sifatida xizmat qiladi:
• umumiy oʻrta taʼlim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani oʻquv dasturi va darsliklarini takomillashtirish, oʻqituvchilarining malakasini oshirish, milliy va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan musiqiy toʻplamlar hamda “Barkamol avlod” maktablarida musiqa va sanʼat yoʻnalishida toʻgaraklarni tashkil etish boʻyicha metodik qoʻllanmalar yaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
• pedagog kadrlar tayyorlanadigan oliy ta’lim tashkilotlarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning ta’lim dasturlarini umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘quv dasturlari bilan uyg‘unlashtirish;
• umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari taʼlim sifati hamda oʻquv-tarbiya jarayonining davlat ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiqligini monitoring qilish;
• “Musiqa madaniyati” fani bo‘yicha taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalar, seminarlar va oʻquvlarni tashkil etish hamda soha mutaxassislarining xorijiy mamlakatlarga stajirovkalarini tashkil etish;
• akademik materiallar, nashr yoki taqdimot uchun ilmiy ishlanmalar va boshqa tegishli maʼlumotlarni almashish.
✅ Hujjat Respublika ta’lim markazi direktori v.v.b. Dilshoda Norbaeva hamda Madaniyat ta’limi markazi direktori Alisher Djamaldinov tomonidan imzolandi.



