Tasviriy san’at mutaxassisligi

Tasviriy sanʼat – rang-tasvirhaykaltaroshlikgrafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borlikni obyektiv mavjud sifatlari – hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy qiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi.

Oʻzbekistonda tasviriy sanʼat

Oʻzbekiston tasviriy sanʼati jahon hamjamiyatida sodir boʻlayotgan jarayonlar bilan hamnafas boʻlib, har bir ijodkor oʻz qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda etishga intilishi bilan xarakterlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi barpo etilib 2004 yil avgust oyida ochildi.

Manbaa; Wikipedia

Ma'lumotlar

Musiqa yo‘nalishi

Maktabda o’qitish metodikasi o’zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o’zgarmaydi.

6-son bolalar musiqa va san’at maktabi

Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.

musicali-jpg-015.jpg
musicali-jpg-012.jpg
musicali-jpg-013.jpg