xalq dostonchisi. Qoʻshiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi sanʼatkor. Baxshi soʻzi baʼzan shaman maʼnosida ham qoʻllanadi. Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, ikki toifaga — ijrochi va ijodkor Baxshilarga boʻlinadi. Ijro-ch i Baxshilar, asosan, ustozidan oʻrgangan dostonlarni juzʼiy oʻzgarishlar bilan aynan kuylasalar, ijodkor Baxshilar ogʻzaki epik anʼana asosida dostonning oʻz variantlari, hatto ular asosida yangi dostonlar ham yaratadilar. Bunday Baxshilar shoir deb ham yuritiladi. Mas, Ergash shoir, Fozil shoir, Poʻlkan shoir, Abdulla shoir, Xidir shoir va boshqa Baxshi doston va qoʻshiqdarni qoʻbiz, doʻmbi-ra, dutor kabi sozlar joʻrligida kuy-laydi. Xorazm Baxshilari dostonlarni asosan, dutor, qisman tor bilan ijro etadilar, ularga gʻijjak va boʻlamonda sozchilar joʻr boʻladilar. Doston kuylash, shogʻird yetishtirishda qatiy tartib, qonun-qoidalarga rioya qilingan
8 – 10 yoshdan o‘qish muddati 5 yil
1 avgustdan 26 avgustgacha qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
musiqa yo‘nalishi (fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) bo‘yicha musiqa ritmiga moslashishi, qo‘shiq aytishi, musiqani eshitishi va eslab qolishi;
san’at yo‘nalishlari:
xoreografiya bo‘yicha jismonan ma’qulligi (tana va oyoqlarning egiluvchanligi), ritmga moslashishi, musiqani eshitishi;
tasviriy va amaliy san’at mutaxassisliklari bo‘yicha tasavvuridagi
narsa-buyum yoki manzarani chiza olishi;
teatr san’ati mutaxassisliklari bo‘yicha she’r yoki monologni yoddan ifodali o‘qishi va ovoz yoki harakatga nisbatan taqlid qila olishi.
baxshichilik san’ati bo‘yicha, xalq og‘zaki (dostondan parcha) ijodidan namuna kuylash, inprovizatsiya. Musiqaga moslashish.
kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til - 1 iyundan boshlab 2 sentabrgacha.
O‘quvchilar muassasadan quyidagi holatlarda direktor buyrug‘i bilan chetlashtirilishi mumkin:
ota-onaning arizasiga ko‘ra;
o‘quvchining o‘z xohishiga binoan;
o‘qishning boshqa muassasaga ko‘chirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
akademik o‘zlashtira olmaganligi uchun;
o‘quv intizomini va ichki tartibi qoidalarini buzganligi uchun;
o‘qish uchun belgilangan to‘lovning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lovdan ozod etilgan o‘quvchilar bundan mustasno);
o‘quvchining sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
pedagogik kengash qarori bilan;
vafot etganligi sababli.
Muassasada tegishli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
O‘qituvchi lavozimiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar (joylarda oliy ma’lumotli va yuqori malakaga ega bo‘lgan pedagoglar yetishmasligini hisobga olib, istisno tariqasida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar) muassasa direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.