O’zbek musiqa san’atida an’anaviy xonandalik, o’z sohasi va yo’nalishidan kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. Mumtoz musiqa san’atimiz orasida o’zgarmas xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal an’analarni o’zida aks ettirgan an’anaviy yo’nalish o’zining barcha xususiyati, salohiyati bilan namuna bo’lib kelmoqda. Mumtoz musiqa xonandaligida, o’zbek xalqining eng go’zal urf- odatlari, milliy ruhiyati bilan bog’liq qadriyatlari yuzaga kelib, xalqning boy ma’naviyati namoyon bo’lgan. Shu bois, xonandalik an’anasida mumtoz ashula ijrochilik yo’nalishlari va uslublari shakllanib borgan. Buni an’anaviy xonandalik san’ati yo’nalishlari sifatida yuritish urfga aylandi.
8 – 10 yoshdan o‘qish muddati 5 yil
1 avgustdan 26 avgustgacha qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
musiqa yo‘nalishi (fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) bo‘yicha musiqa ritmiga moslashishi, qo‘shiq aytishi, musiqani eshitishi va eslab qolishi;
san’at yo‘nalishlari:
xoreografiya bo‘yicha jismonan ma’qulligi (tana va oyoqlarning egiluvchanligi), ritmga moslashishi, musiqani eshitishi;
tasviriy va amaliy san’at mutaxassisliklari bo‘yicha tasavvuridagi
narsa-buyum yoki manzarani chiza olishi;
teatr san’ati mutaxassisliklari bo‘yicha she’r yoki monologni yoddan ifodali o‘qishi va ovoz yoki harakatga nisbatan taqlid qila olishi.
baxshichilik san’ati bo‘yicha, xalq og‘zaki (dostondan parcha) ijodidan namuna kuylash, inprovizatsiya. Musiqaga moslashish.
kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til - 1 iyundan boshlab 2 sentabrgacha.
O‘quvchilar muassasadan quyidagi holatlarda direktor buyrug‘i bilan chetlashtirilishi mumkin:
ota-onaning arizasiga ko‘ra;
o‘quvchining o‘z xohishiga binoan;
o‘qishning boshqa muassasaga ko‘chirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
akademik o‘zlashtira olmaganligi uchun;
o‘quv intizomini va ichki tartibi qoidalarini buzganligi uchun;
o‘qish uchun belgilangan to‘lovning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lovdan ozod etilgan o‘quvchilar bundan mustasno);
o‘quvchining sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
pedagogik kengash qarori bilan;
vafot etganligi sababli.
Muassasada tegishli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
O‘qituvchi lavozimiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar (joylarda oliy ma’lumotli va yuqori malakaga ega bo‘lgan pedagoglar yetishmasligini hisobga olib, istisno tariqasida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar) muassasa direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.