Maktab haqida

Umumiy ma'lumotlar

01.

02.

03.

04.

05.

06.

07.

O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish

No Content Available

O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish

Muassasada o‘quv-tarbiya ishlari vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim jarayonining maqsadi bolalarning ijodiy salohiyatini yanada keng ochib berish, musiqa va san’atning boshqa turlarini chuqurroq tushunishi hamda ularga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish, musiqa va tasviriy san’at sohalarida jahon buyuk merosini o‘rganib bilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Ta’lim jarayonining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • o‘quvchilarga o‘zlarining maktabdan tashqari ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishda yordam berish;
  • har bir o‘quvchining bilim darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
  • o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish;
  • o‘quvchilarni o‘z qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunarning boshlang‘ich sirlarini egallashlarida ota-onalarga uslubiy ko‘maklashish;
  • o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoitlar yaratish;
  • maktabdan tashqari ta’lim sifatini yanada oshirish;

Our Value

O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi

o‘quv yilining davomiyligi - 34 hafta

o‘quv haftasining davomiyligi - 6 kun

dars mashg‘ulotining davomiyligi - 45 daqiqa

darslar oralig‘idagi tanaffus - 5 daqiqa

Maktabda asosiy asbobni o‘rganish bilan birgalikda solfedjio, musiqa adabiyoti, tanlangan fanni o‘rganish, umumiy fortepiano, notani varoqdan o‘qish, ansambl, orkestr va xor, maqomchilar ansambli kabi fanlar o‘rgatiladi.

O‘quv yili davomida ta’tillar

Choraklar oralig‘idagi ta’tillar davrida pedagog xodimlar tomonidan o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning bilim saviyasini tahlil qilish va ular bilan qo‘shimcha ishlash, ularga maslahatlar berish, ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasida musiqa va san’atning inson ma’naviy va madaniy saviyasini oshirishdagi o‘rnini targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida tadbirlar tashkil etish, o‘quvchilar uchun shaxsiy va taqvimiy ish rejalari tuzish kabi ishlar amalga oshiriladi.

kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun

qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun

bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun

yozgi ta’til - 1 iyundan boshlab 2 sentabrgacha