2017 yil Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining M.Qori Yoqubov nomidagi respublika tanlovi sovrindori Egamshukurova Sevinch (xalq cholg‘u asboblari yo‘nalishi dutor) 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2015-yil dutor sinfi o‘qituvchisi To‘raqulova Xurshidaning o‘quvchisi Meyliyeva Marjona Ispaniya davlatida bo‘lgan xalqaro “I PRIE” nomli festivalda dutor asbobida kuy ijro etib faxrli III-o‘rinni egallab Ispaniya va boshqa xalqlar olqishlariga sazovor bo‘lib keldi.
2019 yil Rossiyaning Sochi shaxrida AKFA TEMP+ deb nomlangan halqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etib keldi. An’anaviy xonandalik o‘quvchisi Narzullayev Samandar va tasviriy san’at yo‘nalishida Xushmurodova Fayyozalar faxrli 1-o‘rinni egallashdi.
2024 йил 21-may kuni Koson tuman 24-son BMSMda Bolalar musiqa va san’at maktablarining Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida “O‘ZBEKISTON QAHRAMONI ABDULLA ORIPOV YOSHLAR NIGOHIDA” nomidagi viloyat ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi.Tanlovda tasviriy san’at yo’nalishi o’quvchisi Maxmarejabova Shabnam Gran Pre oldi.